#LIVE #IMTM_2023 #Tel-Aviv


Photo

The International Mediterranean Tourism Market IMTM-2023 xalqaro sayyohlik yarmarkasining birinchi kunida Samarqand viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi vakillari  Isroilning sayyohlik idoralari,  er usti transport kompaniyalari va aviakompaniyalari hamda turli mamlakatlar vakolatxonalari bilan bir qator muzokaralar olib borishdi.

Shuningdek, Samarqanddan kelayotgan turistlar uchun Tel-Aviv aeroportlarida VIP xizmatlarni ko‘rsatish, Ruminiya sayyohlari uchun turistik  turlar va Isroil fuqarolari uchun Samarqandga kombinatsiyalangan turistik turlar tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Isroil ommaviy axborot vositalari vakillariga Samarqand viloyatining turizm salohiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.