Londonda Samarqandning turistik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.
Londonda Samarqandning turistik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.
Samarqandning turizm sohasi vakillaridan iborat delegatsiya Angliyada xizmat safari davom etmoqda.
Buyuk Britaniya va Irlandiyadan sayyohlarni mamlakatimizga jalb etish maqsadida O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Narziqulov turizm sohasi vakillarini Samarqandning boy madaniyati, diqqatga sazovor joylari va turizm xizmatlari sifati bilan tanishtirdi.
Shuningdek, viloyatimizning gastronomik jozibadorligini namoyish etish maqsadida palov tayyorlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.