Magistratura ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi.


Photo

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida magistratura bitiruvchilariga diplomlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Oliy ta’limning ikkinchi bosqichi mazkur universitetning birinchi bitiruvchilari “Kreativ  industriya: muzeyshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik darajasini qo'lga qiritdilar.

Tadbirni “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti rektori Aziz Abduhakimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tantanali tadbirda universitetning birinchi prorektori J.Eltazarov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor J.Xoffman, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Tongqian Zou, universitet jamoasi va boshqalar ishtirok etdi.