Mahdumi Xorazmiy mahallasi Samarqand shahrining hozirgi Buxoro ko'chasi hududida joylashgan. Ushbu mahallaning yoshi 500 yildan oshgan.


Photo

Xorazmlik Kamoliddin Husayn 1465 yilda tug‘ilgan. Ulamo Shayx Husayn Maxdumi Xorazmiy nomi bilan mashhur bo‘ldi.

Maxdumi Xorazmiy 1517 yilda Samarqandga ko‘chib kelgan va keyingi o‘ttiz yil davomida shu yerda yashagan.

Shayx Husayn Ulug‘bek madrasasidan uncha uzoq bo‘lmagan yerdan yer sotib olib, mashhur Ma’mun akademiyasi filialini qurishga kirishadi.

 Maxdumi Xorazmiy bu yerda masjid, madrasa, xujralar, bemorlarni qabul qilish xonalarni ham qurdirgan.

Maxdumi Xorazmiy Samarqandda birinchi bo‘lib ko‘zi ojiz bolalar uchun boshpana tashkil etib, ularga diniy ta’lim berganlar.

Bugun “Mahdumi Xorazmiy”  yodgorlik majmuasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.