Marriott The Luxury Collection mehmonxonasida viloyat hokimi o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov Xitoy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazdi.


Photo

Avval xabar berganimizdek, Rustam Qobilov Butunjahon turistik shaharlari federatsiyasi WTCFning Changsha (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida boʻlib oʻtayotgan sammitida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etmoqda.

– Ushbu sammitda taqdim etilgan tarixiy obyektning aniq raqamli modelini yaratish imkonini beruvchi axborot texnologiyalari bizni juda qiziqtirdi. Kelgusida restavratorlar uchun tarixiy meros obyektlari konstruksiyalari, fasadlari, binolari, dekor elementlarini o‘rganishni osonlashtirishi uchun bu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchimiz, – dedi Rustam Qobilov intervyuda