Mehmonxona biznesi uzoq tarixga ega.


Photo

Mehmonxona biznesi uzoq tarixga ega. Uning rivojlanishi odamlarning hududlararo harakatlanishi, savdo va turizmning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq.

Qirol Xammurapining (miloddan avvalgi 1700 yil) Bobil qonunlari to'plamida mehmon muassasalari - tavernalar haqida birinchi eslatma mavjud.

Qadimgi Rimda mehmonxonalar asosiy yo'llar bo'ylab bir-biridan 25 mil uzoqlikda joylashgan edi. Davlat mehmonxonalar qurishda qatnashgan va ularning faoliyatini nazorat qilgan.

Sharqda mehmondo'stlikning rivojlanishiga savdo aloqalarining rivojlanishi katta rol o'ynadi. Karvonlar eng yirik savdo yoʻllari boʻylab uzluksiz harakatlanib borardi, bu esa odamlar va hayvonlar uchun tunashni tashkil etish zaruratini tugʻdirardi. Buyuk Ipak yoʻlining butun yoʻnalishi boʻylab har 30—40 kilometrda karvonsaroylar qurilgan boʻlib, bu savdogarlarning xavfli yoʻllarda tunab qolishga sharoit yaratgan.

Karvonsaroylar nafaqat uzoq va qiyin yo'llarda sayohat qilishni osonlashtirardi, balki sayohatchilarga uchrashish, tajribalar va madaniyatlar bilan bo'lishish imkoniyatini ham berardi.

Karvonsaroylar joylashgan shaharlar, masalan, Samarqand, Qazvin, Bursa, Aleppo, Akko kabilar madaniy-ma’rifiy markazlarga aylandi.

Ipak yo‘lidagi karvonsaroylar yangi madaniyatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. Ular butun Oʻrta Osiyoda joylashgan boʻlib, savdogarlar uchun xavfsizlik va dam olishni taʼminlagan, shuningdek, mahalliy shaharlar uchun katta iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatga ega boʻlgan.