Mehmonxona va o‘xshash joylashtirish vositalarida nogironlar uchun sharoiti bo‘lgan nomerlar tashkil qilingan: foiz va raqamlarda


Photo

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 18 iyuldagi O‘RQ-549-sonli “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni 22 moddasi turistlar va ekskursantlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini, shuningdek turistik industriya obyektlarini standartlashtirish amalga oshirilishi belgilangan.

 

 

 

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 2 ilovasiga muvofiq turoperator, joylashtirish vositalari, tog‘ chang‘isi trassalari va plyajlar xizmatlarini sertifikatlashtirish, ularga toifa berish, shuningdek, sertifikatlashtirilgan xizmatlarining standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligining inspektsiya nazoratini o‘tkazish, “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.

 

 

 

Mazkur qonun va qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻz DSt 3220:2022 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” va Oʻz DSt 3296:2018 “Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va oʼxshash joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi” davlat standartlari joriy qilingan.

 

 

 

Mazkur davlat standartlari joylashtirish vositalari hisoblangan mehmonxonalar va shunga o‘xshash joylashtirish vositalari, ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari, individual joylashtirish vositalari va boshqa joylashtirish vositalari, shuningdek ularda taqdim etiladigan xizmatlarga doir umumiy talablarni belgilaydi.

 

 

 

Oʻz DSt 3220:2022 “Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar” davlat standartida quyidagi talablar belgilab qo‘yilgan. Jumladan,

 

  • A ilovaning 6 bandida joylashtirish vositalarida avtoturargohda nogironlar uchun belgilangan joylarning mavjudligi;

  • 20.1 bandida nogironlar uchun sharoitlari bo‘lgan nomerning borligi;         

  • 28.1 bandida nogironlar uchun nomerda: o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlanganligi;

  • eshitish va ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq iqe’lonlar uchun displeylar hamda ovozli qurilmalar mavjudligi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Shuningdek, Oʻz DSt 3296:2018 “Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va o‘xshash joylashtirish vositalari. Tasniflash tizimi” davlat standartida belgilangan talablar:

 

 

 

 

 

 

 

  • A ilovaning 4 bandida yulduzli mehmonxonalarda imkoniyati cheklangan insonlar harakatlanishi uchun pandusning mavjudligi va to‘siqlarning yo‘qligi;

  • 21 bandida nogironlar uchun sharoitlari bo‘lgan nomerning borligi.

 

 

 

 

 

 

 

Joriy yilning 1 aprel holatiga 45 ta yangi mehmonxona va o‘xshash joylashtirish vositalari tashkil qilingan.

 

 

 

Bundan tashqari 2023-yilning 3 oyi davomida 145 ta mehmonxona va o‘xshash joylashtirish vositalarida inspeksiya nazorati o‘tkazilgan bo‘lib, ularning barchasida nogironlar uchun sharoitlari bo‘lgan nomer tashkil qilingan.

 

 

 

Bugungi kunda 1239 ta mehmonxona va o‘xshash joylashtirish vositalariga muvofiqlik sertifikatlar berilgan bo‘lib, shulardan 930 dan ortig‘ida nogironlar uchun sharoiti bo‘lgan nomerlar tashkil qilingan (75 %).