“Naqshbandiya” III xalqaro turizm festivali ishtirokchilarining Samarqandga tashrifi yakunlandi.


Photo

Ikki kun davomida dunyoning turli davlatlaridan, xususan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Suriya, Fransiya, Shveytsariya, Portugaliya, Rossiya, Bangladesh va boshqalardan muftiylar, imom-xatiblar,  Naqshbandiya tariqati izdoshlari  Samarqand shahrining ziyoratgoh va diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildilar.

Mehmonlar bilan viloyat hokimi o‘rinbosari, turizm va madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i R.Qobilov uchrashdi.

-  O‘zbek xalqining mehmondo‘stligi bizlarni hayratda qoldirdi, – dedi uchrashuv chog‘ida Suriyalik so'fiylar yetakchisi Omar dip Muhhammad. – Qalblaringizdagi ilohiy nur butun o‘zbek xalqini farovonlik sari yetaklasin.

III “Naqshbandiya” xalqaro turizm festivali Malayziya jahon so‘fiylik markazi «World Sufi Center» hamkorligida tashkil etildi.