Nazariy olingan bilimlar amaliyotda mustahkamlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5270-sonli qaroriga asosan, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasini ta’minlash maqsadida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining
4-bosqich talabalari turizm va madaniy meros sohasidagi eng yaxshi korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o’tashmoqda.