Noodatiy ekskursiylar


Photo

Har bir turistik hududda sayohatchilar uchun o'zgacha joylar bor. Samarqand ham bundan mustasno emas. Taniqli diqqatga sazovor joylarga qo'shimcha ravishda, g'ayrioddiy marshrutlar bo'ylab ekskursiyalar ham mavjud. Ular sayohatchilarga Samarqandni yangi  nuqtai nazardan ko'rish va faol turizm bilan shug'ullanish imkoniyatini beradi.

Samarqand hududida topilgan eng qadimiy yodgorliklardan biri Omonqo‘ton g‘or makoni hisoblanadi. Omonqo‘ton g‘ori 1947-yilda arxeolog David  Lev tomonidan topilgan. 

Bu joy dengiz sathidan 1300 m balandlikda, Samarqand shahridan 45 km uzoqlikda, Taxta-Qoracha dovoni hududida joylashgan.

Omonqo‘ton g‘orida topilgan suyak qoldiqlari Teshik-Tosh g‘oridagi kabi tarkibga va qadimiy xususiyatga ega. 

Omonqo‘ton g‘orining chuqurligi taxminan 80 metr bo'lib, u bir nechta zallardan iborat. G'orda kichik kirish va asosiy keng zal mavjud. Qolgan zallar va o'tish joylarining pastki qismi yil davomida o'zgarib turadigan er osti suvlari bilan qoplangan. Iyun oyida suv keskin pasayadi va butunlay quriydi. 

Iyun oyining oxiridan boshlab g'orga tashrif buyurish mumkin.