Ozarbayjon bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar ko‘plab yo‘nalishlarda rivojlanib bormoqda. Jumladan, oʻzaro sayyohlik oqimini oshirish yoʻnalishida ham.


Photo

2019-yilda Ozarbayjon Turizm Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Turizm vazirligi o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida turizmni rivojlantirishga doir ko‘plab qo‘shma tadbirlar tashkil etildi.

Shu kunlarda Samarqandga bir guruh ozarbayjonlik blogerlar kelgan va ular oʻzlarining media-kontentlari orqali ozarbayjonliklarni Oʻzbekistonning turizm salohiyati bilan tanishtirmoqdalar.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Ozarbayjondan Oʻzbekistonga 10,5 mingga yaqin turist tashrif buyurgan va bu davlat 2022-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan turistlar soni boʻyicha top-15 davlat qatoriga kirdi.