O‘zbekiston dunyoning eng mehmondo‘st davlatlaridan biri sifatida tan olindi va Top-25 talikka kirdi.


Photo

Mehmondo‘stlik reytingi Kanadaning Arton Capital konsalting kompaniyasi tomonidan tuzilgan.

139 davlat fuqarolari Oʻzbekistonga vizasiz kirishlari mumkin. Bundan tashqari, mamlakatga kelgandan keyin elektron kirish vizasini olish imkoniyati mavjud.

Reytingga Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiritilgan. Tojikiston 49, Qirg‘iziston 53 va Qozog‘iston 54-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: Arton Capital – Kanadaning Monreal shahrida joylashgan xalqaro moliyaviy maslahat xizmatlari kompaniyasi.