O‘zbekiston milliy banki turizm sohasini rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar berishini maʼlum qildi!


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 apreldagi "Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-232-sonli qarori asosida turizm sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun quyidagi me'zonlar belgilangan:
 (https://nbu.uz/uz/small-business/tourism-development/)-  oilaviy mehmon uylarini ta'mirlash uchun 100 million so‘mgacha,
-  mebel, maishiy texnika va boshqa buyumlar bilan jihozlash uchun 50 million so‘mgacha;
-  suzish havzalarini tashkil etish uchun 200 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda kredit ajratilishi tavsiya etiladigan xizmat turlari
- mehmonxona, mehmon uylari, xostellar;
- milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni;
- umumiy ovqatlanish, restoran va kafeteriylar;
- bouling hamda hordiq chiqarish markazlari;
- turistik ko‘ngilochar maskanlar;
- aviakassa, turoperator va turagent xizmati;
- boshqa turizm sohasiga oid xizmat turlarini tashkil etish.

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: (78) 147-15-22, (78) 150-96-96, (78) 150-70-72.