“O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risida”


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi                475-son qarori 3-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yig‘imni undirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandiga asosan joylashtirish vositalari oy mobaynida ularga tushgan turistik (mehmonxona) yig‘imni, to‘liq hajmda Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining maxsus hisob varag‘iga har oyning 5-sanasigacha o‘tkazilishini ta’minlashga majburligi, belgilab berilgan majburiyatlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishi uchun mas’uliyat joylashtirish vositalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari zimmasiga yuklanishi belgilab qo‘yilgan.  

Turistik (mehmonxona) yig‘im – joylashtirish vositalari tomonidan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari, mahalliy fuqarolardan bazaviy hisoblash miqdorining 0,4 foizi miqdorida, xorijiy fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-avgustdagi 475-son qarori 3-ilovasiga muvofiq miqdorlarda, ular yashagan har bir kun uchun undiriladigan yig‘im.


Asosiy qarz (turistik yig‘im)ni to‘lash uchun:

Oluvchi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi;
STIR: 201 122 919; h/r.: 2340 2000 3001 0000 1010;
Bank: Markaziy bankning Toshkent shahri bo‘yicha HKKM;
MFO: 00014; G‘aznachilik shg‘/hv: 3041 1086 0726 2663 4223 83245.

Penya to‘lovi uchun:

Oluvchi: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi;
STIR: 201 122 919; h/r.: 2340 2000 3001 0000 1010;
Bank: Markaziy bankning Toshkent shahri bo‘yicha HKKM;
MFO: 00014; G‘aznachilik shg‘/hv: 3041 1086 0526 2663 4309 00245.

Ushbu turistik yig‘imning to‘lovlari miqdori yuzasidan Turizm qo‘mitasiga 71-205-06-00, 99-057-83-00, 90-950-06-20 telefon raqamlar orqali yoki viloyat boshqarmasi (66-233-11-96) mas'ul xodimi bilan bog‘lanib solishtirma dalolatnoma o‘tkazishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.