O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida shu kunlarda Samarqandda rossiyalik tomoshabinlarga manzur bo‘lgan "По секрету всему свету" sayohat dasturi suratga olinmoqda.


Photo

"По секрету всему свету" ijodiy guruhi nafaqat Samarqandning tarixiy diqqatga sazovor joylarida tasvirga olish ishlarini olib bormoqda balki Rossiyalik tomoshabinga o‘zbek milliyligini va ommaviy madaniyatini etkazish maqsadida ko‘rsatuv ijodkorlari o‘zbek to‘ylarining urf-odatlari va an’analarini, sharq bozorini ham tasvirga olib kelmoqdalar. Ko'rsatuvning g'ayratli boshlovchisi Vitaliy Kudryavtsev Samarqand shahri va uning aholisi haqida qizg'in so'zlab bermoqda. Shuningdek, “Temuriylar davri” sahna koʻrinishi sayohat dasturi tomoshabinlariga ham namoyish etiladi.  

Rossiya jamoatchiligida O‘zbekistonga qiziqish ortib bormoqda va 2022-yilda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni o‘tgan yillarga nisbatan ancha ko‘pligi buning dalilidir.