O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining OAV vakillari, blogerlar, shuningdek,turoperatorlari uchun press-tur tashkil etildi.


Photo

 BAA vakillari “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida materiallar tayyorlash maqsadida Samarqandga tashrif buyurdi.

BAA aholisini Samarqandning madaniy salohiyati va turistik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Samarqand va BAA turoperatorlari o‘rtasida ikki tomonlama B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.