O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIK TURIZMNI JADAL RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi  qarori


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIK TURIZMNI JADAL RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi   2024-yil 12-yanvardagi PQ-21-son qarori bilan 
ekohududlarda joylashgan yer uchastkalari ularning toifasi o‘zgartirilmagan holda turistik klasterlar tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali faoliyat ko‘rsatish muddatini keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 10 yil muddatga ijaraga berilishi belgilangan.
 

Shu bilan birga, ekohududlarda tashkil etiladigan turistik klasterlarda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkasini ijaraga berishda quyidagilar nazarda tutiladi:
- ekohududlarni rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
- ekohududning ekologik holati va turizmni rivojlantirishning barqarorligini ta’minlash;

- ekologik talablar asosida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish va xizmatlar sifatini jahon standartlari darajasiga yetkazish;

- ekohududga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

- yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini oshirish;

- innovatsion va zamonaviy turizm infratuzilmasini yaratish;

- turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchilar va iste’molchilar o‘rtasida avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida axborot almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish orqali tashrif buyuruvchilar oqimini ko‘paytirish;

- ekohududdagi turistik so‘qmoqlar va yo‘l ko‘rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlab borish;

- yangi turizm xizmatlarini (shu jumladan, Planting Tour, Plogging Tour va boshqalar) va ekoaksiyalarni tashkil qilib borish;

- turistik klasterlarning tashrif markazlarida turistlar hisobini yuritib borishni ta’minlash.