Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktabrdagi 846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxati tasdiqlangan.

Unga muvofiq Samarqand viloyatida 1607 ta arxeologiya yodgorliklari, arxitektura yodgorliklari, diqqatga sazovor joylar, monumental san’at yodgorliklari mavjud.
Ulardan :
Bulung'ur tumanida - 24;
Ishtixon tumanida – 69;
Jomboy tumanida – 44;
Kattaqo'rg'on shahrida – 22;
Kattaqo'rg'on tumanida – 49;
Narpay tumanida – 49;
Nurobod tumanida – 52;
Oqdaryo tumanida -111;
Pastdarg'om tumanida – 147;
Paxtachi tumanida – 40;
Poyariq tumanida – 96;
Qo'shrabot tumanida – 56;
Samarqand shahrida – 483;
Samarqand tumanida – 138;
Toyloq tumanida – 69;
Urgut tumanida – 143 joylashgan.