O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludiga 85 yil to‘ldi.


Photo

Toshkentda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov  haykali ochildi

Ayni kunlarda Samarqandning Islom Abdug‘aniyevich hayoti va faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan joylar ayniqsa gavjum.

Birinchi Prezidentimiz uy-muzeyiga tashrif buyuruvchilar ko‘p. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda shu yerda tug‘ilgan va shu yerdan 2016-yil 2-sentabrda oxirgi manzilga kuzatilgan.

Yana bir gavjum ziyoratgoh – Islom Karimov maqbarasi joylashgan Hazrat Xizr yodgorlik majmuasidir. Bu yerga har kuni respublikamizning barcha viloyatlaridan ziyoratga kelishadi. 

Birinchi Prezidentimiz mustaqil davlatimiz asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining fidoyi, sadoqatli farzandi sifatida xotiramizda mangu yashaydi.