Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonunini yoshlar hayotiga Yosh turizm elchilari Kengashi tadbiq etmoqda.


Photo

Oʻzbekiston Respublikasining “Turizm toʻgʻrisida”gi Qonunini yoshlar hayotiga Yosh turizm elchilari Kengashi tadbiq etmoqda.

Yoshlar turizmini rivojlantirish, yoshlarda sog‘lom fikr va sog‘lom ongni shakllantirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, yoshlarda vatanparvarlik hisini rivojlantirish,  yoshlar turizmi bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish, ularni tahlil qilish hamda ushbu muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq amaliy ishlarni olib borish, xalqaro hamjamiyat bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish va chet eldagi yoshlar bilan turizm va madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida viloyat Turizm boshqarmasi qoshida Yosh turizm elchilari Kengashi tashkil etilgan.

Yoshlar turizmini rivojlantirish bo’yicha qaror hamda farmonlar ijrosini ta’minlash, loyihalar ishlab chiqish va boshqa bir qator vazifalarni amalga oshish maqsadida Yosh turizm elchilari Kengashi raisi faoliyat olib boradi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi Anorboyeva Rayxona Samarqand viloyati Yosh turizm elchilari Kengashi raisi etib saylangan.