O‘zbekistonda turizm industriyasining rivojlanishi xorijiy, jumladan, Yevropa ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida bo‘lib qolmoqda.

Jumladan, 20-22 mart kunlari Samarqandga Germaniyaning «Berliner Korrespondentenbüro – International Media Projects» kompaniyasi vakillari va kompaniya ijrochi direktori, taniqli nemis va avstriyalik jurnalist, qator nufuzli xalqaro mukofotlar sohibi Evald Koenig tashrif buyurdilar.
Mehmonlar Samarqand shahrining tarixiy diqqatga sazovor joylarida, “Konigil” turistik qishlog‘i, “ Silk Road Samarkand ” majmuasida bo‘ldilar, Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan xalq saylida ham ishtirok etdilar.
Ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida amalga oshirilgan.