O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni vaqtincha ro’yxatga olish tartibi soddalashtirildi.
2023 yil 30-yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 35-son qarori qabul qilindi.
(https://lex.uz/uz/docs/-6373735)Qarorga ko’ra, joriy yilning 31- yanvaridan e’tiboran yurtimizda vaqtincha boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalari orqali uch ish kuni davomida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalarini buzgan yoki boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham joylashtirish vositalari orqali ro‘yxatdan o’tish imkoniga ega bo‘ldi.
Ya'ni, masalan, xorijlik fuqaro uch ish kuni davomida turli sabablarga ko’ra ro’yxatdan o‘tmagan bo‘lsa va to’rtinchi kuni mehmonxona yoki boshqa joylashtirish vositasiga borsa, joylashtirish vositasi xorijlik fuqaroni ro‘yxatga oladi va bu haqda “E-mehmon” dasturi orqali hududiy ichki ishlar organlariga xabar jo’natadi. Bunda ro‘yxatga kiritish uchun ichki ishlar organlaridan ruxsat olish shart emas.