O‘zbekistonning ko‘p asrlik islom merosi ziyorat turizmni rivojlantirishda katta istiqbollarga ega.


Photo

Bugungi kunda  Samarqand  dunyoga har tomonlama ochilmoqda, uning dunyoga mashhur ziyoratgoh va qadamjolari  sayyohlarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.

Samarqand viloyati hududida Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Maxdumi A’zam va boshqalar kabi musulmon olamining taniqli olimlari  yashab ijod qilgan, ularning ziyoratgoh komplekslari ziyorat turizmni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. 

Ziyorat turizmi sohasida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyatining bir guruh vakillari ayni paytda O‘zbekistonga maxsus ziyorat sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha Malayziyada muzokaralar olib bormoqdalar.

Bugun, Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov, Perlis shtati Administratsiyasi rahbari Mohd Shukri Ramli hamda uning o‘rinbosari Hasnol Zam Zam Ahmad o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.