Payariq tumanida “Choshtepa” turistik qishlog‘ini tashkil etish ishlari davom etmoqda.

Oʻzbekistonning asosiy tashrif qogʻozlaridan biri xalq amaliy sanʼatidir. Hunarmandlarimizning betakror mahsulotlari ham xorijlik sayyohlarni, ham milliy uslubdagi kiyim-kechak va zargarlik buyumlariga e’tibor qaratayotganlarni doimiy ravishda o‘ziga jalb etmoqda.
Choshtepa qishlog‘ida yashovchi va xalq hunarmandchiligi bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar endilikda o‘z qishlog‘ida o‘z mehnati mahsulotlarini sotish, o‘z kichik biznesini yo‘lga qo‘yish, boshqa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash imkoniyatga ega ekanliklarini ular bilan bo’lgan samimiy uchrashuvda ta’kidladi viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov.
Hunarmand uyushmasi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan xorijlik sayyohlarda eng katta qiziqish uyg‘otadigan namunalar taqdim etildi va bu ayollarga turizm biznesidagi ilk qadamlarini qaerdan boshlashni hal qilishga yordam berdi.