Plyaj xizmatlarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 164-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish tartibi to‘g‘risida nizom” ga muvofiq amalga oshiriladi.
Nizomga ko‘ra plyaj va aholining suvda ommaviy dam olishi uchun ajratiladigan joylar:
• sohil bo‘yi hududi rejalashtirilgan va obodonlashtirilgan bo‘lishi;
• akvatoriyaning chuqurligi 3 metrgacha, qirg’oqdan 50 metrgacha maydon dam oluvchilarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan predmetlardan tozalangan bo‘lishi;
• plyaj akvatoriyasida past haroratli yer osti suvlari chiqmasligi, girdoblar bo’lmasligi, oqimning tezligi 0,5 m/sekunddan oshmasligi;
• plyaj sanoat va maishiy oqava suvlar chiqarib tashlanadigan joylardan uzoqda joylashtirilishi zarur.