Respublikada birinchi marta immersiv texnologiyalardan foydalangan holda turizmning yangi formati Samarqandda ish boshladi ,va shahar mehmonlari va uning aholisi orasida mashhur bo‘lib bormoqda.


Photo

Immersiv texnologiyalar (ingliz tilidan immersive - mavjudlik effektini yaratish) yordamida IN.VISIBLE SAMARQAND  oʻz namoyishini Bibixonim masjidida boshlaydi va u yerda taqdim etilgan quloqchinlardagi  ovozni kuzatib borib Samarqand ko‘chalari va diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohat-spektakl ishtirokchisi boʻlish mumkin. 

Spektakl hozirda rus va ingliz tillarida taqdim etilgan, biroq fransuz, italyan va nemis tillarida namoyish etilishi rejalashtirilgan.