Samarkand Tourism Forum - bu turizm sanoati mutaxassislari va o‘sishni va sarmoyador bo‘lishni xohlaydiganlar uchun yaratilgan xalqaro platformadir.

10-11 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Samarqandga turoperatorlar va gidlar, restoratorlar, mehmonxona egalari va turizm bilan bog‘liq korxonalar, ijodiy soha va davlat sektori vakillari taklif etiladi.
Ikki kunlik amaliy tashrif va sayohat davomida turli mamlakatlardan kelgan sayyohlik sanoati insayderlari sizning qanday qilib ko‘proq daromad olishingiz, mijozlarni tezda topishingiz va yangi bozorlar ochishingiz yuzasidan o‘z g‘oyalari va yechimlari bilan o‘rtoqlashadilar. Real holatlar, hozirgi sayyohlik tendensiyalari va maʼruzachilar tomonidan tasdiqlangan strategiyalar darhol amaliyotga tadbiq qilinadi.
Samarkand Tourism Forumining birinchi kuniga qo‘ydagi tadbirlar rejalashtirilgan:
YALPI MAJLIS
- GID TARJIMON BO‘LIB QANDAY KO‘P PUL TOPISH MUMKIN? ENG YAXSHI AMALIY KECHINMALAR
DAVRA SUHBATI
-TURIZMDA TAʼLIM
MASTER KLASLAR
- TURIZM BIZNESIDA XODIMGA MOTIVATSIYA BERISH VA QO‘NIMSIZLIKNI OLDINI OLISH: MINNATDOR XODIM – BAXTLI MIJOZ;
- GID HAMROHLAR QANDAY QILIB TURISTLARNI HAYRATLANTIRISHI MUMKIN?
- QANDAY QILIB GURUH DASTURLARINI TURISTLAR O‘ZLARINI INDIVIDUAL TURDAGIDEK HIS QILISHI TARZIDA TASHKIL ETISH MUMKIN?
- TURISTLARNI (ISTALGAN BIR) MUZEYGA QANDAY OLIB BORISH MUMKIN?
Shu bilan birga 10-fevral kuni
IN.VISIBLE SAMRKAND
madaniy tadbiri bo’lib o’tadi
IN.VISIBLE SAMRKAND - bu Samarqand shahri ko‘chalarida yangraydigan audio spektakl. Spektakl qahramoni sizni shaharning ramziy va yashirin joylariga yetaklaydi. Siz uning fikrlarini eshitasiz, uning shaxsiy hikoyasi bilan yashaysiz va Samarqandning mavhum tarixini his qilasiz.
"Chipta sotib ol" tugmasini bosing va keling, qiziqarli bo'ladi!
https://samarkandforum.com/