Samarkandda bugun Samarkand Tourism Forumi oʻz ishini boshladi.

Bu xalqaro platforma turoperatorlar va gidlar, restoratorlar, mehmonxona egalari va turizm bilan bog‘liq korxonalar va davlat sektori vakillarini birlashtirdi.
Ikki kunlik forum davomida turli mamlakatlardan kelgan 40 nafar sayyohlik sanoati insayderlari o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Samarqand turizm forum ishini Madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov ochib berdi.
– Hurmatli forum ishtirokchilari, e’tiboringizni bo‘lajak xalqaro tadbirlarga qaratmoqchiman, – dedi U.A’zamov o‘z nutqida. –Joriy yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan UNWTOning Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi hamda 2024-yilda “Xiva - Islom turizmi poytaxti” doirasida Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo 57 davlat turizm vazirlari va turizm ma’muriyatlari rahbarlarining uchrashuvi yuqori saviyada tashkil etiladi.
Samarkand Tourism Forumining birinchi kuniga yalpi majlis, davra suhbati, master-klasslar va madaniy tadbir rejalashtirilgan.