🎥Samarqand BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasini o‘tkazishga tayyor


Photo

Samarqand BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining yubiley 25-sessiyasini o‘tkazishga tayyor

Tadbirda 130 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) turizm sohasidagi yetakchi xalqaro tashkilot bo‘lib, BMT tizimining ixtisoslashgan hukumatlararo muassasasi sifatida faoliyat yuritadi. Tashkilot 158 ishtirokchi davlat, 6 assotsiatsiyalashgan mintaqa, kuzatuvchi maqomiga ega boʻlgan ikkita mintaqa va 500 dan ortiq bo'linmali tashkilotlarni birlashtiradi. UNWTO 1975-yildan beri BMT Nizomi asosida faoliyat yuritib keladi va barqaror hamda qulay turizmni rivojlantirishga asoslangan.