Samarqand Erondan kelgan turistik avtokarvonini kutib oldi.
Avtoturizm 20-asrning boshlarida paydo bo'lgan va ko'pchilik o'z avtomobillariga ega bo'la boshlaganligi va yo'llarning sifati yaxshilanganligi sababli tobora ommalashib bormoqda.
Zamonaviy avtomobillar shunchalik xilma-xilki avtoturizm ishqibozlari yengil avtomashinada, avtouyda yoki yo'l tanlamas mashinasida sayohat qilishlari mumkin.
Turistik shaharlarida avtoturistlar uchun sharoitlar – hojatxonalari mavjud avtoturargohlar, treylerlar uchun jihozlangan maydonlar, kempenglar mavjudligi juda muhimdir.
Erondan kelgan sayohatchilar avtokarvoni Samarqandga yetib keldi va avtoturistlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan “Silk Road Samarkand” turistik markazida joylashdi.