Samarqand shahar tarixi muzeyi “Afrosiyob” 1970-yil 24-oktabrda ochilgan.


Photo

Ayni paytda muzeyda 11 zal mavjud bo‘lib, ularda qadimgi  So’g’dning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardan milodiy VII-VIII asrlargacha bo’lgan tarixiy davrini eksponatlar bilan yoritgan. Shuningdek, ellinizm davri bilan bogʻliq buyumlar oʻz oʻrnini topgan boʻlib, ular Samarqandning mil. avv. III-II asrlarda qurilgan mudofaa devorlarining maketlari, qurol-yarogʻ, tangalar, sopol idishlari, terrakota, tosh va yogʻoch buyumlari, shuningdek qal’a devoridan olingan yogʻoch sinchkorlik boʻlaklari 
Muzeyning markaziy zalida So’g’d hukmdori (Ixshidi) Varxuman saroyidagi “Elchilar xonasi”ning suratlari joylashgan.

Umuman olganda, muzeyda  bugungi kunda ikki mingdan ortiq eksponatlar     namoish etilgan.

Muzeyga tashrif buyuruvchilar uning noyob eksponatlari - ossuariylar, qadimiy pichoqlar parchalari, pichoq va o'qlar elementlari, tangalar, sopol buyumlar, terakotadan yasalgan haykalchalar, zargarlik buyumlarini ko'rishlari mumkin.

Samarqand Afrosiyob tarixi muzeyi — Yandex Xarita