“Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi


Photo

Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 2023-yilning 17-mart kunidan 23-mart kunigacha 767/768-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 6 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi

Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19

768-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi

Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati