Samarqand turizm sohasi vakillarining Yevropaga xizmat safari davom etmoqda.


Photo

O‘zbekiston Respublikasining Latviyadagi elchixonasida Samarqandlik turizm sohasi vakillarining mamlakatimizning Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda, 

“Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” shiori ostida Latviyada tadbirlar o‘tkazish va uning doirasida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish, shu bilan birgalikda Latviyalik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilish bo‘yicha bir qator muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida Latviyadagi ommaviy axborot vositalari orqali Samarqand viloyatining turizm salohiyatini targ‘ibot qilishga kelishib olindi.

Jumladan, O‘zbekiston – Latviya savdo uyida Samarqand uchun alohida joy tashkil etib, hududning Turizm salohiyatini targ'ib etuvchi materiallar hamda hunarmandchilik mahsulotlarini joylashtirishga kelishib olindi. 

Samarqandga investitsion loyihalarni jalb qilish bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan bir qator takliflar taqdim etilib, elchi tomonidan mazkur loyihalarga investorlarni jalb etishda elchixona tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishi e'tirof etildi. Turizm sohasidagi loyihalardan, Samarqanda mehmonxonalarga kerakli bo‘lgan sanitariya-gigiyena jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish bo‘yicha ham muhokamalar o‘tkazildi.

Uchrashuv mobaynida, Riga - Samarqqand yo'nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reys joriy etish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqilmoqda va kelajakda to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar hamda charter reyslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ishlar boshlandi.

 Samarqand viloyati delegatsiyasining Latviyada xizmat safari davom etmoqda.