Samarqand viloyati delegatsiyasining “Umra+” ziyorat dasturlari Indoneziya ulamolar kengashida muhokama qilindi
Samarqand viloyati delegatsiyasining Indoneziyaga tashrifi davomida ushbu mamlakat aholisini “Umra+” ziyorat dasturlari doirasida O‘zbekistonga safarlarini uyushtirish, qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish, ikki davlat hududlarida birgalikda turli anjumanlar va ko‘rgazmalar tashkil qilish yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari Indoneziya ulamolar kengashida muhokama qilindi va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.
Maʼlumot uchun: Indoneziya ulamolar kengashi mustaqil tashkilot bo‘lib, davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Kengash Indoneziyadagi eng yuqori islom ulamolari organi sifatida 1975 yil tashkil etilgan. Indoneziyada turli dinlar o‘rtasidagi bag‘rikenglik va uyg‘unlikni taʼminlash, islom dinini mustahkamlash va rivojlantirish, ulamolarning milliy taraqqiyotdagi faol ishtirokini kuchaytirish, mahsulotlarga, shu jumladan, oziq-ovqat, kosmetika, farmatsevtika va kiyim-kechak mahsulotlariga “halol” sertifikatini berish va boshqa masalalar kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi.