Samarqand viloyati delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davom etmoqda.


Photo

Ayni paytda Samarqandning turizm sohasi vakillari tarixi 3100 yildan ortiq tarixga borib taqaladigan Sian shahrida. Ming yildan ko'proq vaqt davomida Sian Xitoydagi qadimiy qirollik  poytaxti bo'lib qolgan.

Buyuk ipak yo‘li aynan shu yerdan boshlangan.Viloyat turizm sohasi vakillari VII asrdagi Daming saroyining asl darvozasi xarobalari saqlanib qolgan Danfeng darvozasi tarixiy muzeyga tashrif buyurishdi.

Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi va Daming saroyi milliy meros bog‘i vakillari o‘zaro tajriba almashdi. Ushbu muzeyda Samarqand viloyatining turistik salohiyatini keng yoritish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Shuningdek, tashrif davomida Samarqand viloyatining turizm sohasi vakillari Sian shahrida joylashgan Xalqaro tibbiyot markaziga tashrif buyurishdi. Muzokaralar natijasida tibbiy turizm sohasida oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

An'anaviy xitoy tibbiyoti 2000 yildan ko'proq vaqt oldin paydo bo'lgan va uning o'ziga xos xususiyati shundaki, unda tashqi va inson o'z-o'zidan davolash usullaridan iborat.

Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif davom etmoqda.