Samarqand viloyati madaniyat va turizm bosh boshqarmasi tasarrufidagi yirik turisik kompaniyalari direktorlar Kengashi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash yig‘ilishida madaniyat va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek A’zamov, viloyat hokimi o‘rinbosari, madaniyat va turizm bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Qobilov ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Samarqand shahrida tungi vaqtda faoliyat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish maskanlari va ko‘ngilochar maskanlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, joylashtirish vositalarida hamda ovqatlanish korxonalaridagi narxlar masalasi, “DUTY FREE” xizmatlarini mehmonxonalarda tashkil etish, shu bilan birga Samarqand shahri markazida, sayohlar bilan gavjum hududlarda xorijiy valyuta ayirboshlash nuqtalari mavjudligi va ularning faoliyatini takomillashtirish, Samarqand Temir yo‘l vokzali oldidagi gid-haydovchilar faoliyatini tartibga solish masalalari muhokama qilindi.