Samarqand viloyati turizm boshqarmasi tomonidan gid hamda ekskursiya yetakchilari ishtirokida joriy yilning 11-yanvar kuni tadbir tashkil etilgan
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Ayrim turdagi malaka sertifikatlarini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti” tasdiqlangan.
Mazkur me’yoriy hujjatga muvofiq, Gid, ekskursiya yetakchisi va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilarga malaka sertifikati va identifikatsiya kartasi (beyjik)ni berish bo‘yicha ishchi organi etib Madaniy meros obyektlari muammolarini o‘rganish va turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti belgilangan.
Nizomda malaka sertifikatini berishni rad etish, uni bekor qilish va tugatish shartlari, shuningdek, apellyatsiya berish shartlari aniq tartibga solingan.
Samarqand viloyati turizm boshqarmasi va Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida gid hamda ekskursiya yetakchilari ishtirokida joriy yilning 11-yanvar kuni tashkil etilgan tadbirda gidlar malakasini xolis baholashga doir shu va boshqa masalalar muhokama qilindi.