Samarqand viloyatidagi ekoturizm obʼyektlaridan biri “Lavenderfarm Samarkand” dekorativ oʻsimliklar pitomnikidir.

Mehmonlar va turistlar nafaqat lavanda maydoniga ekskursiya qilish, balki gulchilik va bog‘dorchilik bo‘yicha mahorat darslarida ham qatnashish imkoniga ega.