Samarqand viloyatining uchta tuman madaniyat va turizm bo‘limlari vakillariga xizmat avtomobili kalitlari topshirildi.


Photo

Narpay, Qo‘shrobod va Urgut tuman madaniyat va turizm bo‘limlariga xizmat avtomashinalari berilishi chekka hududlarda istiqomat qilayotgan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Joriy yil oxirigacha yana bir nechta tuman bo‘limlariga  xizmat avtomobillari topshirilishi rejalashtirilgan.