“Samarqand, Xitoyni O‘rta yer dengizi davlatlari bilan bog‘lovchi Ipak yo‘lining asosiy nuqtasi”


Photo

– shunday sarlavha ostida “Hechos de Hoy” onlayn-nashrida (https://hechosdehoy.com/samarcanda-clave-en-la-ruta-de-la-seda-que-une-china-con-el-mediterraneo/) Ispaniya turizm assotsiatsiyasi sharhlovchisi Avgustin Albertining maqolasi chop etildi.

“Imperator Temur qoldirgan madrasalar, maqbaralar va binolar bizni Sharq va Yevropa munosabatlarida muhim rol o‘ynagan va hozir ham muhim ahamiyatga ega boʻlib qolayotgan dunyo bilan tanishtirishi mumkin”, deb yozadi muallif maqola boshida.

“Toshkent va asosiy shaharlardagi zamonaviy sayyohlik majmualari, aksariyat hollarda viza talab qilmaydigan yoki uni elektron shaklda olishi mumkin bo‘lgan sayyohlar uchun ma’muriy inshootlar, yevroning milliy valyutaga nisbatan kursi va ayniqsa, O‘zbekiston aholisining xavfsizligi va xorijlik mehmonlarga mehmondo‘stligi O‘zbekistonni yevropalik sayyohlar uchun ideal manzilga aylantiradi”, - deya xulosa qiladi  sharhlovchi Avgustin Alberti .