“Samarqand –Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasi Tokioda o‘tkazildi


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” PQ-135-sonli qaroriga asosan to‘g‘ridan - to‘g‘ri aviareyslar sonini oshirish, MICE turizm yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish orqali 2023-yilda Samarqandga 2 mln 104 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifini amalga oshirish belgilangan.

        Ushbu qaror ijrosini ta‘minlash maqsadida Samarqand viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi binosida “Samarqand–Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” targ‘ibot kampaniyasi o‘tkazildi.

        Tadbirda HIS Co Ltd, Hankyu travel, All Season Travel, Yomiuri Travel service kabi Yaponiya turizm sohasidagi yetakchi kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

        Targ‘ibot kompaniyasi doirasida Samarqand viloyat turizm salohiyati, sayyohlar uchun viloyatda yaratilgan ifratuzilma obyektlari hamda o’zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi to’g’risida olib borilgan targ‘ibot ishlari yaponiyaliklarda katta taasurot uyg‘otdi.

        Yaponiya turizm sohasi vakillari bilan xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb etish, turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan imkoniyatlar hamda so‘nggi yillarda Samarqandda tashkil etilgan yangi turizm mahsulotlari tashrif buyuruvchilarga taqdim etildi. Uchrashuv doirasida, G2B, B2B formatidagi uchrashvlar tashkil etilib, tadbirkorlik subyektlari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

        Shuningdek, turizm sohasida investitisya kirtish istagida bo’lgan investortlar bilan uchrashuvlar o‘tkazlidi.