Samarqand - yosh sayyohlar diqqat markazida

Xabaringiz bor, (https://t.me/sam_turizm/11162)2025-yil 20-30-mart kunlari Navro‘z bayrami munosabati bilan butun O‘zbekiston bo‘ylab "Yoshlar turizmi haftaligi" o‘tkazilmoqda. Bu haftalik yoshlarning mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishishlari, sayohat qilishlari hamda unutilmas taassurotlar orttirishlari uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.
Haftalik doirasida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi va talabalar diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishdi. Sayohatlarni qulay va maqbul qilish maqsadida joylashtirish vositalari va ovqatlanish shoxobchalari tomonidan 20 foizgacha chegirmalar taqdim etildi.
Samarqand ham ushbu haftalik doirasida ko'plab yosh sayyohlarni kutib oldi. Bugungi Samarqanddagi yarmarka ham yosh sayyohlarning diqqat markazida bo‘ldi. Talabalar milliy hunarmandchilik mahsulotlari va mahalliy tadbirkorlarning ishlanmalari bilan tanishdilar.