Samarqandda Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan kalom taʼlimoti yillar o‘tib butun islom olamiga tarqalib, sunniylikdagi ikki yirik maktabning biriga aylandi.


Photo

Manbalarda yozilishicha, Abu Mansur al-Moturidiy asli Samarqandning Moturid qishlog‘ida tug‘ilgan va to‘liq  ismi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiydir. 
Imom Moturidiyning "Kitob ut-tavhid" ("Allohning yakkayu yagonaligi borasidagi kitob"), "Kitob al-maqomat", "Kitob rad avomil lil adila lil kaʼbiy" ("kaʼbiy zalolatlarining boshlanishini rad qilishga bag‘ishlangan kitob"), "Kitob bayon va hum ul-muʼtazila" ("Muʼtazila g‘avg‘olari va undan qo‘rqmaslik haqidagi kitob bayoni"), "Taʼvilot ahli as-sunna" ("Qurʼon taʼvili") kabi asarlari haqida XI-XII asr yozma manbalarda maʼlumot berilgan.

Imom Moturidiy asos solgan diniy taʼlimot – moturidiya maktabi Sharq mamlakatlarida katta shuhrat topishiga sabab shuki, unda ilgari surilgan g‘oyalar islom dinining mohiyatini to‘g‘rilik, ezgulik, insoniylik deb biladigan jamiki mo‘min-musulmonlarning qarashlari va intilishlari bilan hamohang edi.

Al-Moturidiy hijriy 333 yilda (milodiy 944-945) vafot etgan va Samarqanddagi Chokardiz qabristoniga dafn etilgan, rivoyatlarga ko‘ra, bu yerda 3000 dan ortiq  ilohiyot olimlari dafn etilgan. Qabr 1940-yillarda vayron qilingan.

2000 yil Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130-yilligi munosabati bilan olimning vayron qilingan maqbarasi o‘rnida me’moriy majmuа bunyod qilinib, uning markazidan olimning maqbarasi joy olgan. Mazkur yodgorlikning qurilishida o‘zbek me’morchilik san’atining eng yaxshi milliy an’analaridan foydalanilgan. 

Maqbara balandligi 17,5 metrni tashkil qiladi. Gumbazi ikki qavat. Tashqi gumbazi qovurg‘asimon bo‘lib, havo rang ko‘shk bilan bezalgan. Tom gumbazi 24 ark hamda oyna alebastr panjaralar bilan bezalgan. Qabr toshi oq marmardan yasalib, Imom al Moturudiy yozuvi o‘yilgan.

Maqbaraning shimoliy qismida tepalik hamda IX-XVIII asrlarga tegishli qabr tosh joylashgan.