Samarqandda “International Travel Bazaar 2023” turizm forumi boʻlib oʻtadi


Photo

10–11-fevral kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida “Travel Bazaar 2023” Samarqand turizm forumi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand turizm forumi Markaziy Osiyoda sayohat tajribasini shakllantiruvchilar va turizm xizmatlarini sotuvchilar uchun yil tadbiri boʻlib, rivojlanish, hamkorlik va yangi yechimlarni izlashga qaratilgan.

Samarkand Tourism Forum – bu turizm sohasi mutaxassislari va biz bilan birga rivojlanib, daromad olishni xohlovchilar uchun yaratilgan platformadir. Unda 200 dan ortiq mehmonlar: turoperatorlar va gidlar, restavratorlar, mehmonxonachilar va turizm bilan bog'liq korxonalar, ijodiy industriya va davlat sektori vakillari real holatlar, qiyinchiliklar va sayohat tendensiyalari haqida suhbatlashish uchun yig'ilishadi.

Forumda ikki kun davomida 9 davlatdan 40 nafar ma’ruzachi o‘z bilimlarini butun Markaziy Osiyodagi hamkasblari bilan o‘rtoqlashadi. 

Forum dasturi:

— Qiziqarli turizm tendensiyalari bo'yicha davra suhbatlari. "Yashil texnologiyalar nima va ular qancha turadi? Nega Markaziy Osiyoda agroturizm yo'q?" Biz ushbu mavzularni mutaxassislar bilan muhokama qilamiz va muhokamaga boshqa ishtirokchilarni taklif etamiz.
— Turoperatorlar va turizm bilan bog'liq biznes sohasi vakillari uchun “O'sish nuqtalari. Qanday qilib shaharni dunyoning №1 manziliga aylantirish mumkin?”  mavzusidagi yalpi majlislar.  
— O'zbekiston, Isroil, AQSH, Germaniya, Qirg'iziston, Qozog'iston va Rossiyaning taniqli amaliyotchi va soha yetakchilaridan ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy brend yaratish bo'yicha seminarlar, restoran xizmati va mahorat darslari.

Shuningdek, forumda ko‘rgazma va gastronomik zonalar, B2B uchrashuvlar va innovatsion turizm mahsulotlari taqdimoti ham rejalashtirilgan. Qolaversa, faqat darhol amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo'lgan strategiyalar va yechimlarga e'tibor qaratiladi.

Toʻliqroq dastur Samarqand turizm forumi saytida eʼlon qilingan.

Forumda qatnashish uchun chiptalarni iTicket.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun: 
Tel.: 
+998 93 500 39 36
Telegram: @visitCA
Email: forumsamarkand@gmail.com