Samarqandda "Konigil-2" dam olish turistik maskanining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Photo

Joriy yilningf 17-oktabr kuni "Konigil-2" dam olish turistik maskanining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Qobilov R. va Samarqand tumani hokimi Usmonov X. ochib berdilar. 
Oʻtgan qisqa davr mobaynida Konigil qishlog‘ini kengaytirish ishlari amalga oshirilib, uzunligi 2,5 kilometr bo‘lgan veloyo‘laklar va 3,5 kilometr piyodalar yo‘lagi hamda mehmon uylari va hunarmandchilik markazlari, milliy oshxonalar va boshqa turizm obyektlari foydalanishga topshirildi.
Samarqand shahridan oqib o‘tgan Obi Rahmat, Siyob ariqlarning atrofini tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. 
Maʼlumot uchun, Samarqand shahri hamda Samarqand tumani hududidan oqib o’tuvchi “Siyobcha" kanali Samarqand tumanining Konigil, Qo’shtamg’ali, Jo’nisoy, Qoziaroq, O’zbekkenti va Yangiravot hamda Samarqand shahrining Galaosiyo, Xo’ja Doniyor, Obi Raxmat, Bog’imaydon, G’iyosiddin jamshid, Motrid, Yoshlik, Humo, Baxtli xayot, Matonat va Xalqobod mahallalaridan o’tgan.
 Loyiha qamrab olingan hudud 22 gektar maydonni egallaydi, umumiy qiymati esa 45 mlrd. so’mni tashkil qiladi. Bugungi kunga kelib kanalning jami 11 km qismi obodonlashtirilgan boʻlib, shundan Samarqand tumani hududida 3.5 km, Samarqand shahri hududida 7.5 km maydonni o’z ichiga oladi.