Samarqandda mehmonxona biznesini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Photo

2024-yil 27-noyabr kuni Samarqand shahridagi Hilton Garden Inn mehmonxonasida O‘zbekiston Mehmonxonalar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda B2B uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi - mehmonxona biznesining yangi bosqichga ko‘tarilishida mehmonxonalarni xalqaro standartlarga mos ravishda jihozlashning o‘rni bo‘ldi. Tadbirda mehmonxona egalari, mutaxassislar va mehmonxonalarni jihozlar bilan taʼminlovchi kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mehmonxona biznesining rivoji, xalqaro standartlarga mos innovatsion yechimlar va xizmatlar, shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, tadbirda so‘zga chiqqanlar mehmonxona daromadlarini avtomatlashtirish va innovatsion IT-yechimlar orqali daromadni oshirish, brendning taniluvchanligini oshirish usullari, fitness-klublarning mehmonxonaga tashrif buyurish ko‘rsatkichlariga ta’siri, restoran xizmatlarini raqamlashtirish, Yevropa mamlakatlaridan olib kelinadigan mehmonxona va restoranlar uchun tovar va uskunalar to‘g‘risida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot taqdim etishdi.