Samarqandda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.


Photo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 21-avgust kuni Samarqand shahar Hunarmandlar markazida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil”   ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi. Mazkur yarmarkada 100 dan ortiq respublikamiz va viloyatimizning yetakchi turistik kompaniyalari hamda joylashtirish vositalari vakillari, shuningdek, turizm va xizmat ko‘rsatish sohasidagi boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda 1000ga yaqin kuzatuvchilar ishtirok etishdi.