Samarqandda Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahri turizm vakillari ishtirokida Road Show o'tkazildi.


Photo

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 20-iyul sanasida Qozog'iston Respublikasi Chimkent shahri turizm vakillari ishtirokida Road Show o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Bugun "Ipak yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo'lib o'tgan ushbu tadbir Chimkent va Samarqand turistik soha vakillarini bir joyga to'pladi. Road showda Samarqand viloyati va Chimkent shahrining turistik va investitsiya salohiyati taqdimotlari hamda turistik biznes vakillari ishtirokida B2B uchrashuvlar bo'lib o'tdi. Tadbir so'ngida Samarqand va Chimkent turistik biznes vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandumlar imzolanib, kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.