Samarqandda Qozog‘istonning turizm salohiyati taqdimoti bo’lib o’tdi.


Photo

Samarqandda Qozog‘istonning turizm salohiyati taqdimoti bo’lib o’tdi.

Air Marakanda kompaniyasi Qozog'istonning QAZAQ AIR aviakompaniyasi bilan hamkorlikni boshlab, uning doirasida Turkiston-Samarqand-Turkiston yo’nalishi bo’yicha parvozlar dasturi ochildi. 

22-mart kuni Turkistondan Samarqandga   kelgan  birinchi reys bilan Turkiston viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, transport va turizm boshqarmasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiya  yetib keldi.

23 mart kuni Turkiston delegatsiyasining Samarqand turizm biznesi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Turkiston viloyati madaniyat va turizm bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nurdaulet Medeuov, “Kazakh Tourism” vakillari Qozog‘iston, jumladan, Turkiston viloyatining turizm salohiyati bilan tanishtirdi.

Еslatib o'tamiz, parvozlar haftasiga ikki marta quyidagi jadval bo’yicha amalga oshiriladi:
Turkistondan soat 20:20 da uchib ketish - Samarqandga soat 21:20 da uchib kelish.
Samarqanddan soat 22:10 da uchib ketish - Turkiston aeroportiga soat 23:10 da uchib kelish.