Samarqandda "Samarkand Hospitality Days" - HoReCa 2024 oʻz ishini boshladi.


Photo

Bugun Samarqandda Markaziy Osiyoda mehmonxona, restoran va turizm biznesi sohasida muhim voqea - "Samarkand Hospitality Days" - HoReCa 2024 xalqaro mehmondo'stlik va turizm sanoati ko'rgazma-yarmarkasi o'z ishini boshladi. 
Ushbu ko'rgazma mehmondo'stlik sanoati mutaxassislari o'rtasida o'zaro hamkorlik qilish, eng yangi texnologiyalarni taqdim etish va bozorning asosiy tendentsiyalarini muhokama qilish uchun o'ziga xos platformadir.
HoReCa 2024 ko'rgazmasining asosiy maqsadi mehmondo'stlik sanoati istoqbollarini ko'rsatish va ishtirokchilar uchun yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatishda ko'maklashishdir. 
Ko'rgazmani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S.Niyozov, Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari R.Qobilov va viloyat hokimi yordamchisi N.Ibragimov ochib berdilar.